2018 yilgi "Oltin to'p" sohibi, "Real" klubi va Xorvatiya termasi yarimhimoyachisi Luka Modrich barcha shaxsiy sovrinlarini terma jamoasi bilan jahon chempionligiga almashtirgan bo'lishini aytdi.
"Avval aytganimday, men FIFAning yil o'yinchisi bo'ldim, barcha shaxsiy sovrinlarimni xursandchilik bilan jahon chempionligiga almashtirgan bo'lar edim. Afsuski, hammasi boshqacha bo'lib chiqdi, ammo Xorvatiyadek kichik davlatning finalga chiqishi katta voqea.
Messi va Ronaldu oxirgi 10 yilda aqlbovar qilmas natijalarga erishdilar. Boshqalar ham bu sovringa munosib edilar. Bu sovringa Xavi, Inesta yoki Sneyder ham loyiq edilar. Bu sovrinni ularga ham bag'ishlayman", - deydi Modrich.