«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich «Oltin to'p»ni qabul qilib olganidan keyin o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Menga yordam bergan barchaga — «Real» va Xorvatiya terma jamoasida faoliyat yuritayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Yaqinlarimni, turmush o'rtog'im va farzandlarimni tabriklayman.
Yoshlik paytimda buyuk jamoada o'ynashni orzu qilgandim, ammo «Oltin to'p» men uchun katta sharaf. Bu g'aroyib. Faqatgina Ronaldu va Messidan keyin bu sovrinni yutganim uchun emas. Sovrin uchun kurashda iqtidorli futbolchilar ko'p edi. "Oltin to'p" menga nasib qildimi, demak, men qandaydir g'aroyib ishni amalga oshirdim. Buyuk futbolchilar orasida bo'lish men uchun katta sharaf.
Muvaffaqiyatlar siri? Biror narsa deyish qiyin... Mehnat, qiyin vaziyatlardan chiqib ketish uchun bardosh. O'zing intilgan narsalarga erishish oson emas. Ertami yoki kechmi imkoniyat yuzaga keladi, lekin siz o'sha vaziyatdan foydalanishga tayyor bo'lishingiz kerak», – dedi Modrich.