Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi uchun “Liverpul” ham kurashga qo'shilgan. Madridliklar futbolchini 70 million evrodan kam bo'lmagan mablag'ga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Isko jamoaga Solari kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. U joriy mavsum 14 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.