La Liganing 14-turida “Real” yarim himoyachisi Garet Beyl “Valensiya” darvozasiga hech qanday xavf tug'dira olmadi.
29 yoshli futbolch uchrashuvning 63-daqiqasida o'z joyini Marko Asensioga bo'shatib berdi.
Uelslik futbolchining golsiz seriyasi 10 ta o'yinga to'g'ri kelyapti (793 daqiqa). Bu uning La Ligada qayd etgan eng yomon natijasi.
So'nggi marta Beyl 1 sentyabr kuni “Leganes” darvozasiga gol urgan edi.