"Qirollik klubi" 2019-yil 19-may "Betis"ga qarshi o'yindan keyin "Santiago Bernabeu" stadionini ta'mirlashni boshlaydi.
Stadion 3 yarim yil davomida ta'mirlanadi va 81.840 muxlisga (hozirgidan 800 taga ko'p) mo'ljallanadi. Shuningdek, stadionning tomi yana 12 metrga uzayadi va qolaversa 15 daqiqada tom butunlay yopiladigan bo'ladi.
GMP- Architekten va L35 Riba kompaniyasi arxitektorlari stadionda qurilish ishlarini olib boradi. Stadion 2022-yilda butunlay ta'mirdan chiqishi ko'zda tutilgan.
Ayni damda Florentino Peres Bankia va Caixabank bilan kredit masalasi bo'yicha muzokara olib bormoqda. Peres 30 yilga, yiliga 2,5% dan 500 mln yevro kredit olishni rejalashtirmoqda. Stadionning ta'miriga tahminan 525-575 mln yevro ketishi tahmin qilinmoqda.
Bobojonov