Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko yaqin vaqt ichida jamoasini o'zgartiradi.
Ispaniyalik futbolchi murabbiylar shtabining rejalaridan chetda qolib ketmoqda.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” 26 yoshli futbolchi uchun kelgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Uning shartnomasidagi tovon puli 700 mln evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan “Eybar”ga qarshi o'yin oldidan janjallashib qolgan.