«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lamoqchi emas.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi Gestifute huquqiy idorasi bilan bog'lanib, bir guruh advokatlarni yollagan. Endi u sudda o'zining aybsiz ekanini isbotlashni maqsad qilgan.
Avvalroq, Ronaldu qamoq yoki jarimadan qutulib qolish maqsadida, soliqlarni o'z ixtiyori bilan to'lamoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi. Bu ish yuzasidan dastlabki mahkama 31 iyul kuni o'tkaziladi.