Marokashlik futbolchi Ashraf Xakimi "Real"ga qaytishni xohlamaydi.
"Real Madrid" himoyachisi Ashraf Xakimi hozirgi kunda "Borussiya Dortmund" tarkibida ijara asosida to'p surmoqda. 20 yoshli himoyachi "Real"ga qaytishni xohlamaydi, bu haqida uning agenti Alexandro Kamano aytib o'tadi.
"Borussiya" buyuk klub, Ashraf esa bu yerda o'zini allaqachon uyidek xis etmoqda. U jamoaga tezda moslasha oldi. Kuzatamiz kelajakda nima bo'lishini, lekin biz "Real" haqida o'ylamayapmiz. Ashraf o'zining kelajagini Dortmundda ko'rmoqda", - deydi agent.
Bobojonov