"Real" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
La Repubblica nashrining bergan ma'lumotiga ko'ra milanliklar futbolchi uchun 40 mln yevro to'lashga tayyor. Biroq Madridliklar kolumbiyalik futbolchini 75 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas. "Milan" esa o'z navbatida 25 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan ajoyib munosabatda. Oldinroq, Mendesh "rossanerri"larga hujumchi Andre Silvani sotib olishda yordam bergan edi. "Portu" o'shanda Silvani 60 mln yevroga baxolagan, ammo Mendeshning sayi xarakati evaziga "qizil-qora"larga 21 yoshli hujumchi 38 mln yevroga tushgan.