Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasisi Libertadores kubogi final o'yinini Madridda o'tkazishga qaror qilishdi.
"River Pleyt" va "Boka Xuniors" uchrashuvi "Santiago Bernabeu"da bo'lib o'tishi aniqlashtirildi. Uchrashuv 9-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:30 da bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda, "Boka" o'z uyida 2:2 hisobida durang qayd etgan edi. Javob o'yini esa 24-noyabr kuni o'tkazilishi ko'zda tutilgandi, ammo "River Pleyt" muxlislari "Boka" klubi avtobusuni tosh bo'ron qilishdi. Natija ko'plab futbolchilar yuzidan jarohat oldi.
Shuningdek, muxlislar turli xil gazlarni ham yuborgan. Shu zaylda o'yin bir kun ortga surilgan edi, keyinchalik esa umuman boshqa davlatda o'tkazishga qaror qilishdi.
Natijada "River" klubi 400 ming dollar jarimaga tortildi va 2019-yil 2 ta o'yinni muxlislarsiz o'tkazishadi.
La Liga: 14-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov