Argentinaning "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalari o'rtasidagi Libertadores kubogi finalining javob o'yini bo'lib o'tadigan joy va uning vaqti aniq bo'ldi.
Uchrashuv 9 dekabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkaziladigan bo'ldi. Bu haqda musobaqaning Tvitterdagi sahifasi xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, Libertadores kubogining dastlabki o'yini "River Pleyt" maydonida o'tkazilib, unda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi. Buenos-Ayresdagi javob o'yini esa 24 nobyar kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo "River" muxlislari o'yin kuni raqib jamoa avtobusiga hujum uyushtirishi oqibatida ba'zi futbolchilar jarohat olishdi. Dastlab o'yin 25 noyabr kuniga ko'chirilgandi, ammo uchrashuvni noma'lum muddatga qoldirishga qaror qilishdi.
Libertadores kubogi finali 9 dekabrdan 10 dekabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.
Darvoqe, o'sha kuni "Real"ning ham o'yini bor bo'lib, "qaymoqranglilar" La liga bahsini safarda — "Ueska" maydonida o'tkazishadi.