“Real” klubi qishgi transferlardagi ilk haridini amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Madridilik PSV yarim himoyachisi Irving Losanoni sotib olmoqchi.
Don Balon nashrining xabir berishicha, “qirollik klubi” 23 yoshli futbolchi uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyor. Ispaniya klubi bu borasida gollandiyaliklar bilan bog'langan.
Hozirda meksikalik futbolchining xizmatiga “Inter”, “Manchester Yunayted” va “Borussiya D” klublari qiziqish bildirmoqda. “Real” ushbu futbolchini qo'yib yubormaslik uchun PSVda ijaraga qoldirib mavsum so'nggida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumot uchun, Losano joriy mavsum 13 ta o'yinda maydonga tushib 10 ta gol urdi.