Madridning “Real” klubi rahbariyati qishgi transferlardagi rejasini o'zgartirdi va Markos Lorente ijaraga qo'yib yubomaydigan bo'ldi.
Diario AS nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi “Roma”ga qarshi o'yinda klub xo'jayinlarini o'yini bilan hayron qoldirgan.
Avvalroq, “qaymoqranglilar” ispaniyalik futbolchini “Alaves”ga ijaraga berib yubormoqchi edi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Lorente bor-yo'g'i 12 daqiqa maydonga tushgan.