Argentinaning "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalari o'rtasidagi Libertadores kubogi finalining javob o'yini Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
FIFA bugun, payshanba kuni Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi bilan bog'lanib, mazkur uchrashuvni «Real» klubi stadionida o'tkazish masalasini muhokama qildi. Argentina "superklasiko"sining «Bernabeu»da o'tkazilish ehtimoli 90 foizga baholanmoqda.
Olib borilgan muzokaralardan so'ng "Boka" va "River" rahbarlari ham bahsni Madridda o'tkazilishiga rozilik berishdi. Uchrashuv 8 yoki 9 dekabr kuni o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Libertadores kubogining dastlabki o'yini "River Pleyt" maydonida o'tkazilib, unda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi. Buenos-Ayresdagi javob o'yini kuni "River" muxlislari raqib jamoa avtobusiga hujum uyushtirishi oqibatida o'yinni Argentinadan tashqarida o'tkazish haqida qaror qabul qilindi.