Urugvaylik 18 yoshli futbolchi Federiko Valverde La Korunyaning "Deportivo" futbolchisiga aylandi.
Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra Valverde "Depor" tarkibida bir mavsum to'p surib yana "Real"ga qaytib keladi. Eslatib o'tamiz, Federiko "Kastilya" tarkibida ushbu mavsumda 30 o'yinda 3 ta gol kiritishga muvoffaq bo'lgan edi. Shuningdek, yarimhimoyachi bir necha hafta oldin yakuniga yetgan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida turnirning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.