"Real" ustozi Santiago Solari "Roma"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Iskoning maydonda yo'qligi - bu alohida qaror. Murabbiylar bu qarorni to'g'ri deb hisoblashdi, bor gap shu. Ular deyarli har doim sport qarorlariga munosib tarzda qaror qabul qiladi.
"Real"ni yaxshi harakat qilganini guvohi bo'ldim. Futbolchilar o'yinga jiddiy qarashdi, biz har doim shunday o'ynasak g'alaba qozona olamiz. Markos Llorente ham mening qarorim. Men aynan uni Kazemiro o'rnida o'ynashi istadim. Ba'zan to'g'ri qaror qabul qilasi, ba'zan esa yo'q. Men undan juda minnatdorman. U juda yaxshi harakat qildi. Llorente endi bolakay emas.
Lukas Vaskez men uchun syurpriz emas. U bugun gol urdi, shuningdek, himoyada ham yaxshi harakatlandi", - deydi Solari.
Bobojonov