Gollandiyaning "Ayaks" klubi ikki nafar yosh yetakchi futbolchilarini pullashni ko'zlamoqda.
Kataloniyaning "Barselona" klubi amsterdamliklarning ikki nafar futbolchisi Matteys de Ligt va Frenk de Yonglarni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Ayaks" esa bu futbolchilardan 140 mln yevro ishlab olmoqchi. De Yongni 75 mln yevroga baxolagan bo'lsa, de Ligt - 65 mln yevro. Ayni damda "Barsa" sport-direktori Erik Abidal ushbu transferlar borasida muzokara o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" "Ayaks" yarimhimoyachisi 21 yoshli de Yongga qiziqayotgan edi. Shuningdek, himoyachi de Ligtga esa "PSJ", "Man Siti" va "Yuventus" ham ko'z tikkan.
Bobojonov