Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan o'yinda “Roma” darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi evropaning eng nufuzli musobaqasida ketma-ket 5 ta golda ishtirok etdi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, bu futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi seriya.
Eslatib o'tamiz, Beyl o'tgan mavsum finalda “Liverpul” darvozasiga ikkita gol urgandi. ShUningdek, u “Roma”ga qarshi ilk o'yinda golga pas bergan va “Viktoriya Plzen”ga qarshi o'yinda gol urgan va golga asisstentlik qilgan.