Unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan mavsumni o'tkazayotgan "Real" uchun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi 5-tur bahsi oson kechmadi. "Roma" o'z uyida madridliklarga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi.
Ayniqsa, rimliklar birinchi bo'limda ikkita to'p farqi bilan oldinga o'tib olishlari kerak edi. Dastlab Shik tomonidan yaqin masofadan yo'llangan zarbani Kurtua oyoqlari bilan qaytarib qolgan bo'lsa, Under 4 metrdan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi — to'p yuqoriga ko'tarilib ketdi.
Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlarning qo'pol xatosidan keyin Beyl hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan madridliklar qarshi hujumda "bo'rilar"ni yana bir marta jazolashdi.
Aslida, biroz avval TsSKA o'z maydonida "Viktoriya"ga yutqazib qo'yganidan keyin "Real" va "Roma" keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lishgandi. Bugungi o'yindan kyin Solari jamoasi 1-o'rin taqdirini hal qilishdi.
EChL, "G" GURUHI, 5-TUR
Roma Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 47 Beyl, 0:2 – 59 Vaskes.
Roma – Olsen, Manolas, Kolarov, Florentsi, Fasio, Nzonzi (Chorich, 64), Kristante, Dzanolo (Karsdorp, 69), Under, El-Shaaravi (Klyuyvert, 22), Shik.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente, Vaskes, Modrich (Valverde, 80), Beyl (Asensio, 84), Benzema (Dias, 77).
Ogohlantirishlar: Modrich (21), Dzanolo (42), Varan (90).