Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi xizmatlariga “Manchester Siti” klubi qiziqish bildiryapti.
Ta'kidlab o'tamiz, mazkur transfer yanvarda amalga oshishi mumkin. Futbolchining transfer narxi taxminan 60 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kroos joriy mavsum 16 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.