"Real" klubi "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe va "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan og'zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Marca.
Endi madridliklar prezidenti Florentino Peres futbolchilarning o'tishi borasida yakuniy to'xtamga kelishi uchun jamoa ustozi Zinedin Zidanning ta'tildan qaytishini kutmoqda.
"Milan" rahbariyati Donnarummani 2018 yilning yozigacha, uning shartnomasi muddati tugaguncha sotmasligini ma'lum qilgan edi. Bu "Real" uchun ayni muddao, agar Janluiji va'dasida tursa boshqa klubga o'tmaydi.
Mbappega kelsak, u "Real"da o'ynash haqida qaror qilib bo'ldi, taxmin qilinayotgan transfer summasi 130 mln evroni tashkil qiladi.