Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko jamoadan ketish haqida o'ylayapti. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.
26 yoshli futbolchi qishdayoq jamoadan ketmoqchi. U o'z agentiga yangi klub izlashini aytgan.
Avvalroq, futbolchiga “Yuventus”, “Arsenal”, “Napoli” va “Milan” klublari qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, futbolchi jamoaga yangi murabbiy Solari kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi.