Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos bir vaqtlar “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkin bo'lgan. Bu haqda mankunianlar sobiq ustozi Devid Moyes aytib o'tdi.
“Toni Kroos “Manchester Yunayted»”ga o'tishga rozi bo'lgandi, biz hammasini kelishib olgandik. U “Bavariya”da o'ynayotgan payt men Kroosning o'zi va rafiqasi bilan uchrashganman. Biz transferni kelishib olgandik”, — deydi Moyes.
Oxir-oqibat Kroos “Real”ga o'tishni ma'qul ko'rgan. Moyes esa “MYu”da Ser Aleks Fergyusonga munosib o'rinbosar bo'la olmagandi.