Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining xizmatiga “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, Krishtianu Ronaldu rahbariyatga sobiq jamoadoshini sotib olishni tavsiya qilgan.
Asensio ham “Real”ni tark etishga qarshi emas. Chunki 22 yoshli futbolchi Solari qo'l ostida o'yin amaliyotiga kam ega bo'lyapti.
Ma'lumot uchun, Asensio joriy mavsum “qaymoqranglilar” safida 18 ta o'yin o'tkazib 2 gol va bitta golga assisentlik qilgan.