«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
Marca xabariga ko'ra, KK-2017 musobaqasidan so'ng, futbolchi Peres bilan kelajagini muhokama qilib olmoqchi. Ronaldu rahbarga PSJ tomonidan berilgan taklifni taqdim qilib, Ispaniyani tark etmoqchi ekanini aytmoqchi.
Krishtianu «Real» uni 150 – 200 mln evroga qo'yib yuborishidan umidvor. Futbolchi uchun xitoyliklar ham shuncha pul taklif qilmoqda. Ammo u Evropada qolib, nufuzli sovrinlar uchun kurashishni istayapti.