"Real Madrid" sardori Serhio Ramos "Eybar"ga qarshi o'yinda "oqlar" tarkibida La Ligadagi 404-uchrashuvini o'tkazdi. Bu orqali himoyachi Michelni ortda qoldirdi (1982-1996). "El Capitano" "Qirollik klubi"dagi debyutini 10-sentyabr kuni nishonlagan va amalda u 14 mavsumdan beri "oq" libos sha'nini himoya qilib kelmoqda.
La Liga doirasida "Real" Ramos tushgan o'yinlarda 272 o'yinda g'alaba qozongan va Ramos bularning 57 tasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ya oldi. Ma'lumot uchun, bu statistikalar faqat Ispaniya chempionatiga tegishli.
Serhioning navbatdagi o'ljasi Kamacho (414 o'yin).
Bobojonov