Madridning “Real” klubi jamoa etakchisi Garet Beylni sotish haqida o'ylayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, “qirollik klubi” 29 yoshli futbolchini kelasi yozda sotib yubormoqchi. Sababi futbolchi o'zining avvalgi formasiga qayta olmayapti.
“Blankoslar” rahbariyati Beyl Ronalduning o'rnini bosaolmayotganida jahli chiqyapti.
Ta'kidlab o'tish joizki, madridliklar Garet Beyl o'rniga “Chelsi” futbolchisi Eden Azarni olib kelish yo'llarini izlashyapti.