"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar kelajagi va "PSJ" jamoasi haqida gapirib o'tdi.
"PSJ" Chempionlar Ligasi doirasida 5-turda "Liverpul"ni qabul qiladi. Agarda Liga 1 saviyasiga qarasak, chempionat "PSJ" uchun yengil sayrdek gap. Ular Chempionlar Ligasida o'ynaganda ham oson bo'ladi deb o'ylashadi. Menga Liga haqida gapirish yoqmaydi, lekin "PSJ" saviyasini xurmat qilaman.
"Liverpul" - ajoyib jamoa, ularda ajoyib hujumchilar bor: Salah, Firmino va Mane. Ammo "PSJ" har qanday raqibni yutishga qodir. Menda "PSJ" bilan muzokaralar bo'ldi, ammo men Fransiya chempionatiga qaytadigan bo'lsam faqat "Lill"ga qaytaman.
Xa, mening orzuyim "Real Madrid". Ayni damda men "Chelsi" haqida o'ylayapman, mavsum oxirida esa shartnomam yakuniga yetadi. Yanvarda hech qayerga ketmoqchi emasman. Yozda bo'lishi mumkin. Faoliyatimni qolgan qismini ham "Chelsi"da o'tkazishim mumkin", - deydi Azar.
Bobojonov