"Real Madrid" posboni Tibo Kurtua "Eybar"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Kichik maydonda raqibga qarshi o'ynash qiyin kechdi. Raqiblar kuchli pressing uyishtirdi va bizga o'ynash imkonini bermadi. Tanaffusda biz bu haqida gaplashdik, ammo ikkinchi bo'limda ham hech narsa qila olmadik. Endi biz "Roma"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
"Eybar" bilan o'yinga to'xtalsam, birinchi golda men to'pni qaytarishga harakat qildim. Keyingi vaziyatlarda ham gollarni to'sishga urindim. Men uchun eng asosiysi jamoam foydasiga ishlash. Endi bularning barchasidan saboq olishimiz va muammolarni hal qilishimiz kerak", - deydi Kurtua.
Bobojonov