Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida "Eybar" klubi o'z maydonida "Real"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
G'alaba haqida
«Biz yaxshi o'ynadik. Ilk daqiqalardanoq xavfli vaziyatlar yarata boshladik. «Madrid»ga qarshi o'ynash hamisha qo'rqinchli. Boisi, ular istalgan paytda gol urishi mumkin. Ammo bugun ular hech qanday vaziyat yarata olishmadi. Hisob 3:0ga etganidan keyin g'alaba qozonishimizga shubham qolmadi. Yanada ko'proq gollar urishimiz mumkin edi. Faol o'yin namoyish qilganimiz g'alabaning asosiy omili bo'ldi».
Eng yaxshi g'alaba haqida
«Balki, bu bizning eng yaxshi g'alabamiz emasdir, ammo «Real» ustidan qozonilgan g'alabani hamma gapiradi. Albatta «Madrid» gol ura olmagani g'alati, ammo biz har tomonlama to'laqonli o'yin namoyish qildik. Yaxshi hujum qildik, yaxshi himoyalandik. Bu g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirishda yordam beradi. Demak, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz».
«Real» futbolchilari ko'p marta ofsaydga tushib qolgani haqida
«Himoya chizig'imiz odatdagiga nisbatan oldinroqda o'ynadi. Biz raqibni ofsaydga tushirib qo'yish uchun emas, yuqori pressing qo'llash uchun shunday qildik. Hattoki nogironlar aravachasidagi Ramis ham bizning eng yaxshi himoyachimiz. U jamoaga hayot bag'ishlab turadi».