Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketish bo'yicha jamoa rekordini o'rnatdi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan “Eybar”ga qarshi bahsda 7 marta o'yindan tashqari holatda qolib ketgan. Bu klub uchun rekord natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Benzema joriy mavsum “Real” safida 19 ta o'yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan.