«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida bo'lib o'tgan «Eybar»ga qarshi o'yin (0:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Tabiiyki, hisob biz uchun salbiy bo'ldi. Ketma-ket 4ta g'alabadan keyin bu o'yinda ham g'alaba qozonishni niyat qilgandik. O'yinimizni maromiga etkazish uchun ishlashimiz kerak. Bugun o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi.
Bu mavsumdagi eng yomon bo'ldimi? Bilmadim. So'nggi 5ta o'yin ichida eng yomoni bo'lgani aniq. Bizda raqibni mensimaslik holati bo'ldi, deb o'ylamayman. Barchasi o'yin boshidagi kichik to'qnashuvlarda mag'lub bo'lganimizdan boshlandi.
Bitta o'yin natijasidan kelib chiqib xulosa chiqarish to'g'ri emas. Barcha beshta o'yinni tahlil qilgan holda ishlashda davom etamiz», – dedi Solari.
"Qaymoqranglilar" ketma-ket 11ta o'yinda to'p o'tkazib yuborib, o'zlarining 14 yil avvalgi antirekordlarini yangilashdi.