«Real» rahbariyati jamoa himoyachisi Serxio Ramos doping qabul qilgani borasidagi ayblovlarga nisbatan munosabat bildirdi.
«Jamoamiz sardoriga nisbatan e'lon qilingan hisobotga nisbatan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
1. Ramos hech qachon antidoping qoidalarini buzmagan.
2. UEFA va WADA futbolchini tekshiruvdan o'tkazganidan keyin aniq ma'lumotni so'radi va o'sha zahoti ishni yopgan.
3. Klub e'lon qilingan hisobotga hech qanday izoh bermaydi. Boisi, bu asossiz ma'lumot», – deyiladi "Qirollik klubi" bayonotida.
Football Leaks tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Ramos faoliyati davomida bir necha marta doping qabul qilgan, ammo jazolanmagan. Jumladan, EChL-2016/2017 finalidan keyin futbolchidan olingan tahlil ijobiy natija bergan.