Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas bugun Ispaniya chempionatidan o'rin olgan “Eybar”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, darvozabon jarohat olgan bo'lishi mumkin. Futbolchi kecha jarohat olgan futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, Navas raqotda Tibo Kurtuaga yutqazib qo'ydi. U ichki chempionatda bor yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.