Madridning “Real” klubi jamoa etakchisi Luka Modrich kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” 33 yoshli futbolchi bilan kelasi yozda xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga Italiyaning “Inter” va “Yuventus” klublari qiziqmoqda.