2017-yilning 1-fevral kuni UEFA doping-nazorat bo'limining ikki nafar ofitserlari Madridga "Real" futbolchilaridan nazorat olish kelishmadi.
Shuningdek, UEFA doping-test namunalar olishda nazoratni yo'qotishdi va qoidalarga zid ravishda harakat qildi, deya xabar beradi Football Leaks. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra sobiq "Real' futbolchisi Krishtianu Ronaldu har doim doping test-topshirishdan bosh tortib kelgan va doimo ofitserlarning maxsus chaqiruvidan so'ng test topshirgan. Nazoratchi Ronalduning tomiriga ikkinchi marta igna tiqqanida doimo portugaliyalik futbolchi bunga norozolik bildirib kelgan, ammo qonunga binoan nazoratchi futbolchidan uch marta qon tomiridan qon olish huquqiga ega.
Ronaldudan test olinganidan so'ng Toni Kroosdan ham qon olindi va qolgan 8 nafar futbolchidan esa analizni "Real" shifokorlarining o'zi olgan bu esa qonunga to'g'ri kelmasdi. UEFA doping-nazorat qonuniga binoan analizlarni faqat UEFA vrachlari olishi kerak.
Biroq oxir-oqibat UEFA "Madrid" klubini jazolamadi deb hisoblaydi, Football Leaks. Ma'lumot uchun, Serhio Ramos 2017-yilgi final testidan muvoffaqiyatsiz o'tgan va bunga nisbata UEFA hech qanday jazo ko'rmaganligi haqida xabar berib o'tgan edik.
Bobojonov