Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich "Real Madrid"da to'p surishni xohlaydi, bu haqida diariogol nashri xabar berib o'tadi.
Yuqorida ko'rsatilgan manbaning xabariga ko'ra 35 yoshli hujumchi Primeroda to'p surishni xohlayotganini ma'lum qilib o'tadi. Ammo "qaymoqranglilar" futbolning "Muhammad Ali"si bilan shartnoma tuzishga oshiqayotgani yo'q. Sababi futbolchining tabiati bunga yo'l qo'ymasligi misol qilib keltirilgan.
Eslatib o'tamiz, Zlatan o'z navbatida "Barselona" tarkibida bir mavsum to'p surgan va "Real"ga gol urishga ham ulgurgan edi. O'tgan mavsumda "karatechi" "MYU" safida to'p surdi va hozirda jarohat olganligi sababli klub bilan shartnomani uzaytira olmadi.