So'nggi 10 yilda «Oltin to'p»ni muntazam qo'lga kiritib kelgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bu safar katta ehtimol bilan sovrinsiz qolishadi. Ular hattoki so'rovnoma natijalari bo'yicha kuchli uchlikka ham kirmaydi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mirror nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, katta ehtimol bilan sovrin «Real» va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etadi. U "Qirollik klubi" safida Chempionlar ligasida g'olib chiqqan bo'lsa, terma jamoa bilan JCh-2018 finaliga qadar etib bordi. Luka har ikkala musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Real» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe top-3ga kirishadi.