"Real" yarim himoyachisi Isko jamoada ega bo'layotgan o'yin amaliyotidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu bois, ispaniyalik futbolchi jamoa rahbariyati oldiga shart qo'ydi.
Unga ko'ra, Isko yo jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi, yoki u klubni tark etishga tayyor. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Futbolchi o'zining o'yinidan qoniqish hosil qilyapti. Shu bois, u o'zini doimo asosiy tarkibda tushishga loyiq deb hisoblamoqda. Solari "Qirollik klubi" boshqaruviga kelganidan keyin Isko boshlang'ich tarkibga kiritilmayapti.
Isko ushbu mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 12ta o'yinda maydonga tushdi hamda ikkita gol urdi va ikkitga golga uzatma berdi.