Germaniyaning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jaomadagi o'rnidan norozi. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi.
Shu tariqa, Xames “Real”ga qaytish haqida o'ylayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga qaraganda, Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach bilan kelisha olmayapti.
Eslatib o'tamio', kolumbiyalik futbolchining ijara muddati 2019 yil yozda yakuniga etadi. Futbolchi “Real”ga qaytishni intizorlik bilan kutyapti. U joriy mavsum 8 ta o'yinda 3 ta gol urishga erishdi.