«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni sotib olish uchun boshqa da'vogarlik qilmaydi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentina Peres 26 yoshli futbolchini xarid qilish fikridan voz kechdi.
Buning sabablaridan biri — "Real" muxlislari braziliyalik futbolchining transferiga norozilik bildirishmoqda.
Neymar ushbu mavsumda "PSJ" safida jami 16ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.