Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Markus Reshford Madridning “Real” jamoasiga o'tishga tayyor. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi “Old Trafford”dagi o'rnidan norozi bo'lyapti. U ochiqchasiga qirollik klubi bilan muzokaralar olib boryapti.
Ma'lumotlarga ko'ra, “blankoslar”lar ham futbolchini sotib olishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Reshford joriy mavsum “MYu” safida 13 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qilgan. Futbolchining transfer narxi tahminan 65 million evroga baholanmoqda.