Londonning "Chelsi" klubi "Real" hujumchisi Alvaro Moratadan voz kechdi.
"Aristokrat"lar xo'jayini Roman Abramovich 24 yoshli hujumchi uchun 90 mln yevro to'lashni istamaydi. Garchi Morata bilan Antonio Kontening shaxsan o'zi qiziqgan bo'lsada, bu transferdan boz kechildi.
Endilikda Morataga faqatgina "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo'lmoqda. Alvaroning o'zi ham yana bir bor ustozi Joze Mourinyoning qo'l ostida shug'ullanishni istamoqda. Madridliklarning Alvaroni sotishmayotganiga asosiy sabab esa Krishtianu Ronalduning kelajagi bo'lib turubdi.