Fransiyalik hujumchi Karim Benzema ushbu mavsumda "Real Madrid" tarkibida barcha uchrashuvlarda (18 ta o'yin) maydonga tushgan yagona futbolchi bo'lib turubdi.
Jamoada hozircha bunday natijaga hech kim erisha olmagan. Qolaversa, Karim ushbu mavsumda "Qirollik klubi"ning to'purari ham sanaladi (10 ta gol). Shuningdek, "snayper" ushbu mavsumda har xil turdagi 4 ta rasmiy turnirlarda gol kirita oldi.
Karimdan so'ng Ramos, Kazemiro va Asensio 17 tadan o'yin o'tkazishgan. Modrich va Lukas Vaskez 16.
Bobojonov