Ispaniyaning AS nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen yangi shartnoma borasida “shporlar” bilan kelisha olmayapti.
Manbaning bergan ma'lumotlariga qaraganda, “shporlar”ni Eriksen xohlayotgan maosh qoniqtirmayapti. Mazkur voqeani PSJ va Madridning “Real” klubi diqqat bilan kuzatyapti. Jamoalar kelasi yozda futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.