Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jarohat olgan Kazemironing o'rnini «Real»da kim egallashi aniq bo'ldi

"Real" yarim himoyachisi Kazemiro "Selta"ga qarshi o'yinda jarohat olgani bois, bir oy davomida maydon tashqarisida qoladigan bo'ldi.

.
- Yuklab olish

"Real" yarim himoyachisi Kazemiro "Selta"ga qarshi o'yinda jarohat olgani bois, bir oy davomida maydon tashqarisida qoladigan bo'ldi. Klub bosh murabbiyi Santyago Solari navbatdagi 3 hafta davomida braziliyalik futbolchining pozitsiyasida o'ynashi mumkin bo'lgan o'yinchini aniqlab oldi.

Mutaxassis tayanch nuqtasida Dani Sebalosning xizmatidan foydalanishni ko'zlamoqda. "Selta"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda, Solari barchani hayron qoldirgan holda, jarohat olgan Kazemironing o'rniga Sebalosni tushirgandi. Dani murabbiyning ishonchni oqlagan holda, uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi.

Zidan "Real"ni tark etganidan keyin Sebalosning klubdagi roli o'zgarib bormoqda. U zaxiradan maydonga tushish uchun eng asosiy futbolchilardan biriga aylandi hamda o'tgan yilgi mavsumga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Shu paytgacha yarim himoyachi jami 765 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. O'tgan mavsumda uning maydondagi o'yin vaqti 899 daqiqani tashkil qilgandi.

Dani Sebalosga Qirollik klubi"nin avvalgi bosh murabbiyi Lopetegi ham, hozirgi ustozi Solari ham ishonch bildirishdi. Jumladan, futbolchi Santyago Solari boshqaruvidagi 4ta o'yindan 2tasini boshlang'ich tarkibda boshlagan.

BestMaster
21 Noyabr 2018, 21:20
jarohat, olgan, kazemironing, ornini, «real»da, egallashi, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
dxx
 dxx  
Unga ham imkon berish kerak
21 Noyabr 2018, 21:56
 turkmenistan  
Ha sebbalyos zor omat
22 Noyabr 2018, 07:43
 u7777u  
Яхши уйнайди
22 Noyabr 2018, 10:42
 letenant007894  
Zor uyinchi
22 Noyabr 2018, 15:51
 otabek@  
Yahshi
22 Noyabr 2018, 20:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads