"Betis" klubining vitse-prezidenti Xose Migel Lopes Katalan "Real" yarimhimoyachisi Dani Sebalosni yolg'onchilikda aybladi.
22 yoshli futbolchi shartnoma borasida kelisha olmagani uchun "Betis"dan ketganini aytgan edi.
"Uning so'zlari meni jahlimni chiqardi, chunki bu yolg'on edi. Dani haqiqatdan yiroq voqeani aytgan. Bir necha oy u bilan kelishmay "Betis" balki adashgandir, ammo u kelishuvlarni oylab cho'zib yurdi. U "Betis"ni emas, faqat o'zini o'ylashini bilib oldim, shuning uchun u bilan kelisha olmagandirmiz", - deydi Katalan.