Madridning “Real” klubi jamoa darvozaboni Keylor Navas bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda ABC.es xaba bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” darvozabonga 2021 yilgacha mo'ljallanagn yangi shartnoma taklif qilyapti.
Yangi shartnomaga ko'ra futbolchi yiliga 5 million evro ishlab topadi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Navas joriy mavsum “Real” safida 7 ta o'yinda ishtirok etdi va 7 ta gol o'tkazib yubordi.