Madridning "Real" klubi qishki transfer paytida hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Klub prezidenti Florentino Peres jamoa etakchilari — Garet Beyl va Karim Benzemaning o'yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Ular jamoani yozda tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rnini bosa olishmayapti. Shu bois, "Qirollik klubi" yanvar oyida sotib olish uchun hujumchi qidirmoqda.
"Qaymoqranglilar"ning qisqa ro'yxatidan ikki nafar nomzod – "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich va "Monako" forvardi Radamel Falkao o'rin olgan. Zlatanga "Milan" klubi da'vogarlik qilayotgan bo'lsa, Falkao o'z omadini "Real"da sinab ko'rish niyati borligini ma'lum qilgandi.