«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tan olib aytishicha, u «Real»da o'ynayotgan paytda Mesut O'zil jamoani tark etganidan jahli chiqqanini ta'kidladi.
«O'zilning jamoani tark etishi men uchun juda yomon xabar bo'lgandi. Mesut meni hammadan ko'p yaxshiroq bilardi. Raqib darvozasi oldida qanday harakat qilishim mumkinligini u juda yaxshi his qilardi. Uning "Arsenal"ga o'tganidan hamon jahlim chiqadi», — dedi Ronaldu Mundo Deportivo'ga bergan intervyusida.
Ronaldu va O'zil 2010-2013 yillarda «Real» safida birga o'ynashgan. Ular birgalikda Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo'lga kiritigan. Germaniyalik futbolchi 2013 yilda «Arsenal»ga o'tib ketgandi va hamon bu jamoa sharafini himoya qilmoqda.